Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning Rim papasi Fransisk I bilan uchrashuvi bir soatga yaqin davom etdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Muzokaralar yakunida Rim papasi Putinga tinchlikparvar farishta tasviri tushirilgan medal sovg‘a qilgan. “O‘tgan asr rassomi tomonidan ishlangan bu medal ham tinchlik, ham adolat, ham birdamlik keltiruvchi va himoya qiluvchi farishtani tasvirlaydi. Shuningdek, bu yerda Injil haqida matn, biz va hayotimiz haqida fikrlar, geosiyosiy o‘ylar bor”, — dedi Fransisk I.
O‘z navbatida, Rossiya prezidenti ham Rim papasiga diniy yo‘nalishda chizilgan surat va Pravoslav ensiklopediyasining bir necha tomini sovg‘a qilgan.
Izoh (0)