AQSh Demokratlar partiyasidan mamlakat prezidentligiga nomzodini qo‘yishi kutilayotgan sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Instagram ijtimoiy tarmog‘ida o‘z sahifasini ochdi.
Bir sutkadan kamroq vaqt ichida siyosatchining o‘quvchilari soni 78 mingga yaqinlashib qolgan. Hozirgacha Klinton o‘z sahifasida uchta surat chop etgan bo‘lib, ulardan birida osgichlarga ilingan turli ish kiyimlari tasvirlangan va “Qiyin tanlov” deb izoh berilgan.
Akkaunt ta’rifida Hillari Klinton o‘zini mehribon buvi sifatida tanishtirgan va o‘zining saylovoldi kampaniyasi saytiga havola bergan.
Avvalroq, Germaniya kansleri Angela Merkel ham Instagram’da o‘z sahifasini ochgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)