Donetsk va Lugansk “xalq respublikalari” Qrim va Sevastopol Ukraina tarkibida deb ko‘rsatilgan Ukraina konstitutsiyasi uchun tuzatish takliflarini qaytarib olishga qaror qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
“DXR va LXR shubhasiz Qrimni Rossiyaning bir qismi deb hisoblaydi. Bundan tashqari, bizlarning respublikalarimiz ham ideal sharoitda Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishni istaydi”, — deyiladi DXR va LXR vakillari Denis Pushilin va Vladislav Deynegoning kontakt guruhiga yo‘llagan bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina konstitutsiyasining 122-moddasi uchun ayirmachilar tomonidan taklif etilgan versiyasi “Ukraina ma’muriy-hududiy tuzilishi tizimini Qrim Avtonom Respublikasi, Donetsk va Lugansk viloyatlarining maxsus maqomga ega alohida tumanlari, viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shahar tumanlari, qishloqlar tashkil qiladi” ko‘rinishida berilgan edi.
Izoh (0)