Rossiya Professional futbol ligasi klublari bosh murabbiylari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.

Foto: uefa.com

Foto: uefa.com

Unga ko‘ra “Zenit” klubining braziliyalik hujumchisi Xalk “eng yaxshi futbolchi” deb topildi. Braziliyalik 28 yoshli futbolchini bosh murabbiylardan 9 nafari 1-o‘ringa loyiq ko‘rgan. Yakunda Xalk 32 ochko jamg‘ardi.

O’zbekistonlik Odil Ahmedov so‘rov yakunlariga ko‘ra 5-o‘rinda qayd etilgan. “Krasnodar” yarim himoyachisi singari Bibras Natxo (SSKA) ham so‘rovda 4 ochko to‘plagan.

1. Xalk (“Zenit”) – 32 ochko

2. Roman Yeremenko (SSKA) – 21

3-4. Esekiel Garay (“Zenit”), Mate Valbuena (“Dinamo”) – 5

5-6. Odil Ahmedov (“Krasnodar”), Bibras Natxo (SSKA) – 4

7. Vedran Chorluka (“Lokomotiv”) – 3

8-9. Maurisio Pereyra (“Krasnodar”), Kuinsi Promes (“Spartak”) – 2

10-15. Danni, Igor Smolnikov (ikkisi ham “Zenit”), Vasiliy Berezutskiy (SSKA), Ari, Vitaliy Kaleshin (ikkisi ham “Krasnodar”), Roman Shirokov (“Spartak”, “Krasnodar”) – 1.