Andijon tumanida noma’lum shaxs o‘z avtomobilida 40 yoshli ayolni urib yuborgach, to‘xtab, jabrlanuvchining holidan xabar olish o‘rniga qochib ketdi, deb yozadi “Na postu” gazetasi.
Yaqin atrofdan o‘tib ketayotganlar “tez yordam” chaqirib, ayolga yordam berdi. Hodisa haqidagi xabar tuman Ichki ishlar bo‘limiga yetkazgach, huquq muhofazachilari haydovchini qidira boshladi.
Yakunda u qo‘lga olindi. U Izboskan tumanida yashovchi 53 yoshli erkak bo‘lib chiqdi. Unga tegishli Nexia rusumli avtomobildan tegishli belgilar topilgan. Haydovchi o‘sha kuni rulda aynan o‘zi o‘tirganini inkor etmagan. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)