Qozog‘iston Ta’lim vazirligi seysmologiya tajriba−metodik ekspeditsiyasi Olma−ota shahridan 372 kilometr janubi−g‘arbda, Qirg‘iziston hududida 5,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lganini qayd etdi, deb xabar bermoqda “Newskaz.ru”.
“Seysmik stansiyalar tamog‘i tomonidan 2015-yil 8-iyun kuni Olma−ota vaqti bilan soat 10:50 da zilzila qayd etildi. Zilzila markazi Olma−otadan 372 kilometr janubi−g‘arbda, Qirg‘iziston hududida bo‘lgan”, − deyiladi xabarda.
Seysmologlar ma’lumotlariga qaraganda, zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Izoh (0)