Belarus poytaxti Minsk shahrida o‘tkazilgan Yevropa ochiq chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida 12-o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Mazkur nufuzli musobaqada 34 davlatdan 274 nafar dzyudo ustasi ishtirok etib, terma jamoamiz a’zolaridan (jami 15 nafar) Abdullo Tangriyev (+100 kg) kumush, Bahrom Inoyatov (-60 kg) va G‘iyosjon Boboyev (-73 kg) bronza medali sohibi bo‘ldi.
Umumjamoa hisobida Fransiya terma jamoasi birinchi (4 oltin – 1 kumush – 3 bronza) germaniyaliklar ikkinchi (3-3-4) va Kuba termasi uchinchi (1-2-1) o‘rinni band etdi.
Izoh (0)