Toshkentdagi Inha universitetida 6-iyun kuni O‘zbekistonda birinchi marta Google I/O 2015 Extended xalqaro innovatsiya tadbirining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Infocom.uz”.
Tadbirda 130 dan ortiq dasturchi ishtirok etib, O‘zbekiston bozorida taqdim etilgan yangi dasturlar bilan tanishdi, turli tanlovlarda ishtirok etdi va o‘zaro fikr almashdi.
Samsung, NewMax Technologies kompaniyalari hamda “Daryo” internet nashri taqdimotlar o‘tkazib, tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Professional dasturchilar mini xakatonlar va dasturlash bo‘yicha sessiyalar o‘tkazdi.
Izoh (0)