Samsung Janubiy Koreyada 1000dan ortiq “aqlli sinflar”ni ochdi. Bu haqda Computerra.ru xabar bermoqda.
Bu sinfxonalarining barchasi uskunalar – mobil qurilmalar, elektron doskalar, ta’lim dasturlari Samsung kompaniyasi mahsulotlaridir.
Mazkur “aqlli” sinflar quyosh batareyalari yordamida elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. Maktablar uchun bunday quyosh batareyalaridan ilk bor 2011-yilda foydalanilgandi.
Hozirgi vaqtda “aqlli sinflar” uchun Samsung to‘plamlarini jahonning deyarli barcha mamlakatlari maktablarida uchratish mumkin. Xususan, Afrikaning 15 mamlakatiga shunday to‘plamlar yetkazib berilgan.