Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Muz-TV 2015. Gravitatsiya” musiqiy marosimi boshlovchisi Artyom Shalimov “Keling, bu tuynukda rok uyushtiramiz” deb noo‘rin hazil qilgani uchun uzr so‘radi, deb xabar bermoqda “Nur.kz”.
Ushbu so‘zlar ko‘plab qozog‘istonliklarning g‘azabiga sabab bo‘lgan. Jumladan, prodyuser va boshlovchi Bayan Yesentayeva Instagram orqali bunga o‘ta salbiy munosabatda bo‘lib, Shalimovdan o‘ylab gapirishni talab qilgan. Ko‘pchilik foydalanuvchilar bu fikrni qo‘llab-quvvatlagan, birzodan keyin post o‘chirib tashlangan.
Shalimov tez orada ijtimoiy tarmoqlar orqali kechirim so‘ragan. Uning so‘zlariga ko‘ra, boshlovchilik qilayotganda imkoni boricha ochiq bo‘lishga harakat qiladi va ko‘plab hazillarni ishlatadi. Bir qancha filmlar va qo‘shiqlarda ishlatilgan yuqoridagi iborani keltirganda ham aynan shuni maqsad qilganini qayd etgan.
Izoh (0)