Toshkent ikkilamchi uy bozoridagi o‘rtacha taklif narxi may oyi yakunlariga ko‘ra 1 kvadrat metr uchun 747 shartli birlikni tashkil etdi. Bu haqda Credo Max Estimation baholash tashkilotiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Aprel bilan taqqoslaganda (764 sh. b.) kvartira narxlari 2 foizga pasaydi. Shu bilan birga, panel uylardagi kvartiralar o‘rtacha narxi 713 sh. b. (aprelda — 735, -3%), g‘isht uylardagi — 800 sh. b. (804)ni tashkil qildi.
Aprel oyida Toshkentdagi 11 tumandan 9 tasida kvartira narxlari pasaygan, Yunusobod tumanida 1 foizga o‘sgan (795) bo‘lsa, Olmazor tumanida (755) deyarli o‘zgarmagan. Mirobod (775) va Chilonzor (781) tumanlarida narxlar eng ko‘p — 4 foizga pasaygan.
Mirzo Ulug‘bek (754), Sirg‘ali (597), Bektemir (515), Yashnobod (688) va Yakkasaroy (850) tumanlarida narxlar kamroq — 2 foizga pasaygan. Uchtepa (755) va Shayxontohur (836) tumanlarida narxlar 1 foizga pasaygan.
Izoh (0)