Kanadalik qo‘shiqchi Jastin Biber 2014-yil avgust oyida avtomobilni boshqarishda ehtiyotsizlik qilganlikda va yo‘l-transport hodisasining boshqa ishtirokchilari bilan janjallashganlikda o‘zini aybdor deb tan oldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Voqea 21 yoshli Biber tug‘ilib o‘sgan Kanadaning Ontario provinsiyasidagi Stetford shahri ko‘chalaridan birida sodir bo‘lgan. Yarim tunda uning avtomobili miniven va kvadrosikl bilan to‘qnashib ketgan, shundan keyin xonandaning o‘zi, kvadrosikl haydovchisi va miniven yo‘lovchisi o‘rtasida mushtlashuv bo‘lgan.
Biberning advokati Set Vaynshteynning so‘zlariga ko‘ra, aybini tan olgach qo‘shiqchidan yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga hujum qilganlik bo‘yicha ayblov olib tashlandi. Avtomobil boshqarishdagi ehtiyotsizlik uchun esa u 750 Kanada dollari (600 AQSh dollari) miqdorida jarima to‘laydi.
Izoh (0)