Gana poytaxti Akkra shahridagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash va mintaqda yuz berayotgan suv toshqini qurbonlari soni 200 dan oshdi, deb xabar bermoqda “Newskaz.ru”.
Qayd etilishicha, mahalliy shifoxonaga portlash oqibatida jarohat olgan 35 kishi yotqizilgan va ularning barchasiga kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Mamlakat hukumati vaziyatni o‘nglash uchun 15 million dollar ajratgan. Gana prezidenti Jon Dramani Mahama uch kunlik milliy motam e’lon qilgan, ichki ishlar vaziri Mark Voyongo hodisani milliy musibat deb atagan.
Izoh (0)