AQShning Nyu-York shahrida yashovchi santexnik Entoni Perosi Powerball lotereyasida 136 million dollar yutib oldi, deb xabar bermoqda The New York Times.
Perosi o‘z chiptasini mart oyi boshida Steyten-Aylenddagi Peyj avenyuda joyalshgan 7-Eleven do‘konidan sotib olgan. 14-mart kuni u tamaddixonada yutuqli chipta aynan shu do‘kondan sotib olinganini eshitadi, biroq tashrifchilardan biri yutuq qandaydir o‘qituvchi ayolga nasib qilganini eshitgach, o‘z chiptasini tekshirib o‘tirmaydi.
27-aprel kuni santexnik yuk mashinasi ta’miri uchun pul kerak bo‘lgach, yutuqli raqamlarni tekshirib ko‘rishga qaror qiladi. Internetdan lotereya natijalarini ko‘rgan erkak jekpotni yutib olganini bilib qoladi.
Perosi yutuqning 30 foizini o‘g‘liga berishga qaror qildi. Barcha soliqlar to‘langach, u 38 612 055 dollar, o‘g‘li esa 16 548 023 dollarni qo‘lga kiritadi. Lotereya qoidalariga binoan, pul 30 yil davomida bo‘lib to‘lansa, maksimal yutuqni olish mumkin, aks holda birmuncha kamroq pul olishga to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)