“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro nodavlat xayriya jamg‘armasida AmeriCares xalqaro tashkilotining global hamkorlik bo‘limi Yevroosiyo ishlari bo‘yicha menejeri Dmitriy Popov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Jahon” axborot agentligi.
“O‘zbekistonga tashrifimdan asosiy maqsad ‘Sog‘lom avlod uchun’ jamg‘armasi va tashkilotimizning qo‘shma dasturlari monitoringini o‘tkazishdir. Hozirda tuzilmalarimiz samarali hamkorlik qilmoqda. Birgina 2014-yilning o‘zida O‘zbekistonga 22 ta gumanitar yuk yetkazildi. Ayni paytda yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Toms Shoes kompaniyasi O‘zbekistonga Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun 46,5 ming juft yozgi va qishki oyoq kiyimlarni jo‘natishni rejalashtiryapti. 2015-yil O‘zbekistonda keksalarni e’zozlash yili deb e’lon qilingani munosabati bilan keksalar uchun 1000 dan ortiq nogironlik aravachalarini jo‘natmoqchimiz”, − dedi Popov.
Qayd etilishicha, istiqbolda dori vositalarini yetkazib berish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston tashkilotning Yevroosiyo mintaqasidagi eng yirik hamkorlaridan biri hisoblanadi va kelajakda bu hamkorlikni rivojlantirishga tayyor.
Izoh (0)