Andijon shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha uchinchi toifaga mansub bo‘lgan “Fyuchers” turniri o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”. Mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqada asosan O‘zbekiston tennischilari ishtirok etayotgandi.
Asosiy to‘rda ishtirok etgan 19 tennischimizdan bor yo‘g‘i bir nafari yarim finalga yetib keldi. Qolganlari esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Turnirda 6-raqam ostidan tasniflangan Sanjar Fayziyev chorak finalda 3-raketka xitoylik Chuchan Vongni 6:3, 2:6, 6:1 hisobida taslim etdi.
Musobaqada 5-raqam ostida tasniflangan Temur Ismoilov, shuningdek Pavel Soy, Sunatilla Quttiboyev, Grigoriy Reytman, Sanjar Fayziyev, Shonig‘mat Shofayziyev, Jahongir Jalolovlar mag‘lubiyatga uchrab, o‘z ishtiroklarini yakunlashdi.
Izoh (0)