Rossiya Tergov qo‘mitasi 2014-yil yozida Ukrainaning Donetsk viloyatida Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing 777 samolyoti halokatga uchrashi bilan bog‘liq bosh guvohining ismi-sharifini oshkor qildi, deb xabar bermoqda Meduza.
Rossiya TQ ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina fuqarosi Yevgeniy Agapov Boeing halokatga uchragan kun Ukraina harbiy havo kuchlarining Su-25 samolyoti jangovar topshiriq bilan parvoz qilgani va ortga bo‘sh snaryad majmui bilan qaytganini ma’lum qilgan.
Agapov Ukraina harbiy havo kuchlari taktik aviatsiya brigadasinining birinchi eskadrilyasi (A4465 raqamli harbiy qism) da aviatsion qurollanish mexanigi bo‘lib ishlagan. TQ xabariga ko‘ra, Agapov mustaqil ravishda Rossiya chegarasini kesib o‘tib, o‘z xohishiga ko‘ra Rossiya tergovi bilan hamkorlik qilgan. Uning ismi shu paytgacha sir saqlanayotgan edi. Agapovga Rossiyada davlat himoyasi taqdim etilgan.
Izoh (0)