Polsha poytaxti Varshava shahridagi Okenche harbiy aerodromida mamlakat parlamentining quyi palatasi — seym spikeri Radoslav Sikorskiy o‘tirgan hukumat samolyoti havoga ko‘tarila olmadi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Embraer 175 samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagida yurgan, biroq havoga ko‘tarilgacha uchuvchi favqulodda to‘xtashga majbur bo‘lgan. Hozirda nosozlik sabablari o‘rganilmoqda. Bunga elektronikadagi buzilish sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Hech kim jabrlanmagan.
Seym spikeri boshchiligidagi delegatsiya Pragaga Chexiya parlamenti a’zolari bilan uchrashuvga ketayotgan bo‘lgan. Shuningdek, bortda vitse-spiker, parlament quyi palatasi kotibiyati vakillari, maslahatchilar va ekspertlar ham bo‘lgan. Aerodromda boshqa samolyot bo‘lmagani bois, tashrif bekor qilingan.
Izoh (0)