AQSh prezidenti Barak Obama 2-iyun kuni mamlakat maxsus xizmatlarining faoliyati to‘g‘risidagi yangi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Shu kuni Senat “Erkinlik to‘g‘risidagi akt”ning o‘zgartirilgan variantini qabul qildi. Hujjat AQSh milliy xavfsizlik agentligini amerikaliklarning telefon qo‘ng‘iroqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mustaqil ravishda to‘plash va saqlash huquqidan mahrum qildi.
Maxsus xizmatlar islohoti “Vatanparvarlik akti” deb nom olgan aksilterror qonunni o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. Maxsus xizmatlarga keng vakolatlar bergan hujjat 2001-yil 11-sentabr voqealaridan keyin qabul qilinib, bir necha marta uzaytirilgan.
Sobiq razvedkachi Edvard Snoudenning maxsus xizmatlar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlaridan keyin Barak Obama qonunni isloh qilishga so‘z bergan edi. 1-iyun kuni Senat “Vatanparvarlik akti” vakolat muddatini uzaytirishdan bosh tortdi, bu esa maxsus xizmatlarni amerikaliklarning telefon qo‘ng‘iroqlarini eshitish huquqidan mahrum qildi. AQSh tashqarisida kuzatish uslublari esa o‘zgarishsiz qoladi.
Izoh (0)