Meksika markazidagi Keretaro shtati hududi 2-iyun kuni sodir bo‘lgan aviahalokat oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Mahalliy hokimiyat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ikki dvigatelli kichik samolyot Keretaro xalqaro aeroportidan havoga ko‘tarilgan, biroq bir necha daqiqadan keyin avtotrassaga qulagan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot sinov parvozini amalga oshirayotgan bo‘lgan.Samolyot bortida uchuvchi bilan birga jami besh besh kishi bo‘lgan. Halokat oqibatida mamlakat poytaxti Mexikoni Keretaro bilan bog‘lovchi avtoyo‘l bir necha soatga yopib qo‘yilgan. Hozirda halokat sabablari aniqlanmoqda.
Izoh (0)