3—4-iyun kunlari Qirg‘izistondagi Issiqko‘l sohilida bo‘lib o‘tadigan MDH Mudofaa vazirlari kengashida 2016-yilda birgalikdagi harbiy yig‘inlarni o‘tkazish rejalari muhokama qilinadi, deb xabar bermoqda “Review.uz”.
“Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishda sakkiz davlatdan harbiy delegatsiyalar, shuningdek Mudofaa vazirlari kengashi kotibiyati va MDH ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etadi. Yig‘ilishda 15 dan ortiq masala muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda”, — dedi Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi vakili.
Mudofaa vazirlari kengashi ishida Armaniston, Belorussiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston mudofaa vazirlari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Moldova va Turkmaniston mudofaa vazirlari kuzatuvchi sifatida tashrif buyurishi kutilmoqda.
Ko‘rib chiqiladigan masalalar orasida xalqaro armiya o‘yinlarini o‘tkazish, MDH davlatlari Qurolli kuchlari parvozlari xavfsizligi holati, Birlashgan havo hujumidan himoya tizimi qo‘shinlarining “Jangovar hamdo‘stlik 2015” qo‘shma yig‘inlarini o‘tkazish, shuningdek, OTM kursantlarining xalqaro olimpiadasini tashkillashtirish kabilar bor.
Izoh (0)