2015-yil 26-may kuni Fransiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jak-Anri Els O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Ulug‘bek Muhammadiyev tomonidan qabul qilindi. Bu haqda Fransiya elchixonasi rasmiy sayti xabar berdi.
Tomonlar ombudsmanning faoliyati, O‘zbekistonda inson huquqlarining ahvoli hamda Fransiyaning turli tashkilotlari, jumladan, Huquqlar himoyachisi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Izoh (0)