Rossiya Tashqi ishlar vazirligi yana bir marta Rossiya mamlakatning istalgan mintaqasida, jumladan Qrimda yadro qurolini joylashtirish huquqiga ega ekanligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Meduza.
“Shubhasiz, Rossiya agar zarurati tug‘ilsa o‘z milliy hududidagi istalgan joyda, jumladan Qrim yarimorolida o‘z yadro qurollarini joylashtirish huquqiga ega”, — dedi Rossiya TIV Qurollarni tarqatmaslik va nazorat qilish departamenti direktori Mixail Ulyanov.
Eslatib o‘tamiz, Mixail Ulyanov 2015-yil mart oyida ham Rossiyaning Qrimda yadro qruolini joylashtirish huquqi haqida ma’lum qilgan, biroq mamlakat rahbariyatinng bu boradagi rejalaridan xabardor emasligini ta’kidlagan edi.
Izoh (0)