AQSh Milliy xavfsizlik agentligiga terrorchilikka qarshilik ko‘rsatish maqsadida mamlakat fuqarolarini ommaviy ravishda kuzatish va telefon qo‘ng‘iroqlarini tinglash huquqini beruvchi “Erkinlik to‘g‘risidagi akt”ning amal qilish muddati 1-iyunda tugaydi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
“Biz Senatni ushbu mas’uliyatsiz davr (aktning amalda bo‘lmasligi) imkoni boricha kamroq bo‘lishini kafolatlashga chaqiramiz. Milliy xavfsizlik uchun o‘ta muhim masalalarda ba’zi senatorlar partiyalarining manfaatlarini chetga surib, tez harakat qilishi lozim”, — dedi Oq uy matbuot kotibi Josh Ernst.
AQSh prezidenti Barak Obama bu masala yuzasidan respublikachilar yetakchisi bilan uchrashgan. “Bu xavfsizlik va fuqarolar huquqlaridan birini tanlash kerak bo‘lgan vaziyat emas. Bu safar biz amalda kerakli muvozanatni topdik va barcha qo‘llab-quvvatlay oladigan qonun loyihasini tayyorladik”, — dedi Obama.
Izoh (0)