O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tasarrufidagi nogiron bolalar uchun 6 ta Muruvvat internat uylarida 1,5 ming nafardan ziyod nogiron bolalar davlat ta’minotiga olingan bo‘lib, ushbu Muruvvat internat uylari o‘rtasida sport musobaqalarining respublika bosqichi yuqori saviyada o‘tkazilmoqda. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar berdi.
2004-yildan buyon bolalar “Muruvvat” internat uylarida tarbiyalanayotgan nogiron bolalar o‘rtasida sport o‘yinlarini o‘tkazib kelinmoqda. Bundan asosiy maqsad nogiron bolalarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga keng jalb qilish va nogironlar sportini rivojlantirishdir. Bu bilan nogiron bolalarning jismoniy va ruhiy rivojida ijobiy o‘zgarishlarga erishilmoqda hamda ularning jamiyatga integratsiyasi kuchaymoqda.
Nogiron bolalarni o‘z iqtidorlari va qobiliyatlarini namoyon qilish, hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim-tarbiya, o‘qish, kasb egallash hamda jamiyatda o‘z o‘rinlarini topish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.
Bayram tadbiri arafasida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan 948 nafar imkoniyati cheklangan fuqarolar nogironlar aravachasi, 561 nafari eshitish moslamasi, 971 nafari xassa va 491 nafari qo‘ltiqtayoq bilan ta’minlandi.
Sport o‘yinlarida Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahridan bolalar “Muruvvat” internat uylari tarbiyalanuvchilari, jami 6 ta jamoa (75 nafar nogiron bola) qatnashmoqda.
Sport musobaqalarining respublika bosqichida ishtirok etayotgan 75 nafar nogiron bolalarga Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan medal va faxriy yorliqlar hamda homiy tashkilotlar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Nogiron bolalar o‘rtasida sport o‘yinlariga o‘zlarining munosib sovg‘alari bilan kelgan hamkorlar – Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston “Kamolot” yoshlari ijtimoiy harakati Markaziy kengashi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, “Sog‘lom avlod uchun” xayriya jamg‘armasi, O‘zbekiston nogironlar jamiyati va Toshkent shahar hokimligi vakillari alohida jonbozlik ko‘rsatishdi.
Izoh (0)