Saudiya Arabistoni sharqidagi Dammam shahrida joylashgan shialar masjidida ayol kishidek kiyingan terrorchi o‘zini portlatishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Newskaz.ru”.
U masjidning ayollar uchun mo‘ljallangan qismiga kirishga uringan. Portlash juma namozi vaqtida, masjidga kirish joyida sodir bo‘lgan. Avvalroq, terrorchi ichida portlovchi modda joylashgan mashina rulida bo‘lgani aytilgan edi.
Hozircha birorta terrorchilik tashkiloti ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmagan. O‘tgan hafta juma namozi vaqtida shialar masjidida 21 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z bo‘yniga olgan edi.
Izoh (0)