Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhiga Toshkentda daraxtga urilishi oqibatida qattiq pachoq holatiga kelgan Lacetti avtomobilining suratlari joylashtirildi.
Suratlarda avtomobilning orqa qismi, jumladan orqa o‘rindiq joylashgan qism ham qattiq pachoqlangani ko‘rinib turadi. Old qismga ham ancha jiddiy zarar yetgan, biroq old o‘rindiqlarda bunday alomatlar ko‘rinmaydi. Jabrlanganlar bor yoki yo‘qligi haqida ma’lumot berilmagan.
Qayd etilishicha, hodisa Hamza va Mirzo Ulug‘bek metro bekatlari oralig‘ida, “Bunyodkor” stadioni yaqinida sodir bo‘lgan. Mashina yo‘l o‘rtasidagi xiyobonda joylashgan daraxtlarga ham orqasi, ham oldi bilan urilgan. Voaqeaning boshqa tafsilotlari ma’lum emas.
Izoh (0)