O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya va geofizika instituti xodimlari paleogen davrida yashagan qadimiy hayvonlar izini topishga muvaffaq bo‘ldi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Today.

Foto: ut.uz

Foto: ut.uz

Ular mayda qo‘shtuyoqlilar, mushuksimonlar oilasiga tegishli yirik yirtqichlar va hatto dinozavrlarga xos bo‘lgan uch barmoqli izni aniqladi.

Ushbu topilmalar institutning Toshkent viloyatidagi kaolin va bura-ko‘mir konlari hududiga ekspeditsiyasi chog‘ida aniqlangan.

Foto: ut.uz

Foto: ut.uz

Hayratlanarlisi, ushbu izlarning barchasi bitta geologik davr — paleogen davriga tegishli. Hayvonot dunyosi evolyutsiyasi nazariyasiga ko‘ra esa, sutemizuvchilar dinozavrlar qirilib ketgach, paydo bo‘lgan.

O‘simlik va hayvonot dunyosi genofondi va “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi paleogen davridagi umurtqalilar va sutemizuvchilar izlaridan iborat geopark tashkil etish bo‘yicha innovatsion loyihani yaratishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.