3—14-iyun kunlari Rossiyaning Voronej shahrida bo‘lib o‘tadigan V Xalqaro Platonov festivalida Mark Vaylning “Ilhom” teatri “Yetti oy” spektakli bilan ishtirok etadi, deb xabar bermoqda “Anons.uz”.
“Yetti oy” “Ilhom” teatri va Moskvaning SounDrama studiyasining qo‘shma loyihasi bo‘lib, Alisher Navoiy “Xamsa”sining “Sab’ayi sayyor” (“Yetti sayyora”) dostonidagi boblardan biri asosida sahnalashtirilgan.
Yozuvchi Andrey Platonov (1899—1951) sharafiga atalgan festival Voronejda 2011-yildan buyon o‘tkazib kelinadi.
Izoh (0)