Chevrolet kompaniyasi Cruze sedani yangi avlodining jihozlanishi to‘g‘risidagi tafsilotlarni va model interyerining tizerini taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Motor.ru”.
Yangi Cruze MyLink multimedia majmuasining ikkita varianti — yetti va sakkiz dyuymli ekranlar bilan chiqariladi. Ularning birinchisi ham Google’ning Android Auto, ham Apple’ning CarPlay tizimlarida ishlaydi. Sakkiz dyuymli ekranga ega variant dastlab faqat Apple mahsulotida ishlaydi, Android versiyasi keyinroq chiqariladi.
https://youtu.be/CK0B9C9Biu8
Eslatib o‘tamiz, may oyi boshida yangi Cruze’ning tashqi ko‘rinishi aks etgan yashirincha olingan fotosuratlar tarqalgan edi. Premyerasi 24-iyunga belgilangan model 160 ot kuchiga ega 1,5 litrlik motor bilan ta’minlanishi kutilmoqda.
Izoh (0)