O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2015-yilning 27-may kuni Al-Quvayt shahrida Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Iyad Amin Madani bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
Mazkur uchrashuv IHTga a’zo davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlarining navbatdagi sessiyasidagi ishtiroki doirasida bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va IHT o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi O‘zbekistonning bo‘lajak raisligi va 2016-yili TIVKning navbatdagi sessiyasisini o‘tkazish bilan bog‘liq amaliy masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Izoh (0)