Rossiyalik bahodirlar o‘yini ustasi Elbrus Nigmatullin og‘irligi 30 tonna keladigan ikki qavatli uyni uch metrga tortib, navbatdagi jahon rekordini o‘rnatdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
https://www.youtube.com/watch?v=navnooZoVAw
Rekord Chelyabinsk shahri markazida o‘rnatildi. Ikki qavatli yog‘och uy relslarga o‘rnatildi va maxsus arqonlar yordamida bahodirning orqasiga bog‘landi. Bir daqiqa ichida u uyni uch metrga siljitdi.
Shuningdek, Nigmatullin 700 kilorammlik tuyani ko‘tarib, 32 tonnalik ikkita avtobusni, 760 tonnalik kemani va 195 tonnalik An—124 samolyotini siljitib ham rekordlar qo‘ygan.
Izoh (0)