25—30-may kunlari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va YuNISEF tomonidan navbatdagi Sog‘lom bola haftaligi o‘tkazilib, uning doirasida olti oylikdan besh yoshgacha bo‘lgan bolalarga A vitaminini yetkazishning 24-turi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Tadbirdan asosiy maqsad — bolalar salomatligini himoya qilish, immunitetni oshirish va A vitamini yetishmovchiligini kamaytirish bo‘ladi.
A vitamini yetishmovchiligini profilaktika qilish dasturi YuNISEF ko‘magida 2003-yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Hozirgacha ushbu tadbirning 23 turi o‘tkazilgan bo‘lib, ularning har birida 2,2 milliondan ortiq bolalar qamrab olingan. Bu safargi qamrov 2,6 milliondan ortiq bolani tashkil etadi.
Izoh (0)