Misr sudi sakkiz nafar jangarini 2014-yilda Nil daryosi deltasida yetti nafar askarni o‘ldirganlikda aybdor deb topib, o‘lim jazosiga mahkum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Shuningdek, ularga terrorchilik tashkilotiga a’zolik va qurolga egalik qilish ayblari ham qo‘yildi. Hukm kuchga kirishi uchun u Misr oliy muftiysi Shavqi Allam tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Mahkumlar orasida taniqli jangarilardan Adel Xabara ham bor. U bungacha 2013-yil avgust oyida Isroil bilan chegara yaqinida 25 nafar politsiyachining o‘limiga sabab bo‘lgan hujumni uyushtirganlikda ayblanib 2014-yil dekabr oyida ham o‘lim jazosiga mahkum qilingan.
Izoh (0)