Hindistonda so‘nggi o‘n kun ichida favqulodda jazirama oqibatida halok bo‘lganlar soni 1200 dan oshib ketdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
“Yangi qurbonlar haqidagi ma’lumotlar birinchi navbatda janubi-sharqdagi Andxra-Pradesh va Telangan shtatlaridan kelmoqda. 48,8 gradusga yetayotgan jaziramaning har bir yangi kuni yuzlab insonlarning hayotiga zomin bo‘lyapti”, — deyiladi Hindistonning Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha davlat departamenti xabarida.
Hindiston Meteorologiya departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin kunlarda havo harorati 50 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda, haroratning bosqichma-bosqich pasayishi esa 2—3 kundan keyingina kuzatilishi mumkin.
Izoh (0)