AQShning Nyu-York shtatidagi Guverner shahri ko‘chalaridan to‘qqizta miya topildi, deb xabar bermoqda “Syracuse.com”.
Bosh suyakdan ajratib olingan miyalarni mahalliy aholi vakillari temir yo‘l yaqinidan topgan. Miyalar it yoki qo‘ylarga tegishli bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Politsiya ushbu holatda jinoiy asoratlar yo‘qligini aytib, aholini tinchlantirgan.
Organlar jarrohlarga xos aniqlik bilan ajratib olingani va maxsus suyuqlikda to‘yintirilgani tufayli ular biror o‘quv muassasi yoki veterinar klinikadagi biror tajribaning bir qismi ekanligi taxmin qilingan.
Izoh (0)