“Lokomotiv” klubi himoyachisi, o‘zbekistonlik Vitaliy Denisov Rossiya Kubogi finalidagi g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
“Boshdan kechirayotgan hissiyotlarimni til bilan ifodalashga ojizman. Bu hayotimdagi eng muhim voqealardan biri. Hammasi juda qiyin boshlandi. Mening qo‘pol xatoimdan keyin gol o‘tkazib yubordik.
Ammo biz taslim bo‘lganimiz yo‘q. Cherevchenko katta yordam berdi, u o‘yinga tegishli o‘zgartirishlar kirita oldi hamda biz g‘alaba qozondik!”, − deydi Denisov.
Eslatib o‘tamiz, "Lokomotiv" Kubok finalida "Kuban" ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida 6-marta mazkur sovrinni qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)