O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Shveysariyaning Jeneva shahrida davom etayotgan ATP turnirining yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
O‘zbekistonlik sportchi chorak finalga yo‘llanma beradigan ikkinchi davra bahsida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.
Mukofot jamg‘armasi 494 ming 310 yevroni tashkil qiluvchi musobaqaning bu bosqichida Istomin braziliyalik Tomaz Beluchchiga ikki setda ham bir xil 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bundan bir muddat avval ham Denis aynan Beluchchiga yutqazib qo‘ygandi. Demak, revansh o‘xshamadi.
Eslatib o‘tamiz, istomin asosiy to‘rning birinchi davrasida Yanko Tipsarevichni 6:0, 6:2 hisobida mag‘lub etgan edi. O‘z vaqtida dunyoning sakkizinchi raketkasi bo‘lgan serbiyalik tennischi ayni paytda 474-pog‘onadan joy olgan. Istomin esa 66-o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)