Shimoliy Koreya yanada ixchamroq yadro zaryadlarini ishlab chiqarishga va uzoq radiusda harakatlanuvchi raketalar aniqligini oshirishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Ryonxap” agentligi xabariga ko‘ra, KXDR Mudofaa davlat qo‘mitasi vakili nafaqat o‘rta va qisqa, balki uzoq radiusda harakatlanuvchi yadro raketalari ham mo‘ljalga tegishning maksimal aniqligini kafolatlaydigan darajaga yetganini ma’lum qilgan.
Shuningdek, hujjatlarda “8-may kuni strategik suvosti kemasidan ballistik raketaning muvaffaqiyatli uchirilishi Koreya mudofaa qudratining maksimal darajada mustahkamlanishiga buyuk hissa qo‘shgani” aytilgan. Bayonot mualliflari KXDR dushmanlarini BMT orqali sanksiyalarni kuchaytirishga urinib, Pxenyanning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashiga tahdid qilmaslikka chaqirgan.
Izoh (0)