Rossiyaning go‘shtni qayta ishlovchi eng yirik korxonalaridan biri bo‘lgan “Fabrika Kachestva” O‘zbekistonda qo‘shma korxona tuzdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Qo‘shma korxona Toshkent viloyatining Parkent tumanida go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kombinat qurish bilan shug‘ullanmoqda. Hozirga kelib kombinatning asosiy binosi tiklangan bo‘lib, kommunikatsiya vositalarini o‘tkazish boshlangan.
Loyihaga kamida 3 million yevro sarmoya kiritilishi rejalashtirilmoqda. QK sutkasiga 20 tonnagacha go‘sht va kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqarishi ko‘zda tutilgan. Mahsulotning bir qismi eksport qilinishi ham mumkin.
Izoh (0)