Vatikan Falastinni suveren davlat sifatida tan olgach, Rim papasi Fransisk I bugun, 16-may kuni Falastin rahbari Mahmud Abbosni raman qabul qiladi, deb xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Mahmud Abbosning Rimga tashrifi siyosiy xususiyatga ega bo‘ladi. Vatikan va Falastin o‘rtasida aynan davlatlararo maqomidagi dastlabki shartnomalar imzolanishi ham kutilmoqda. Bundan keyingi munosabatlar aynan shu maqomda davom etadi.
17-may kuni esa Rim papasi XIX asrda islomdan nasroniylikka o‘tgan falastinlik ikki rohiba – qudduslik Mari−Alfonsin Danil gattas va vifleyemlik Mariam Bavardini qabul qilish bo‘yicha tantanali marosimni o‘tkazadi.
Izoh (0)