Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Xitoyga tashrifi chog‘ida ikkala mamlakat o‘rtasida umumiy qiymati 22 milliard dollarlik iqtisodiy shartnomalar imzolandi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Hujjatlar muqobil energiya manbalari, moliya, port infratuzilmasi qurilishi va sanoat parklarini yaratish sohalarini qamrab olgan. Muzokaralar asosan investitsiya bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish va chegara muammolari mavzularida olib borildi.
Modi Xitoyda uch kun mobaynida XXR raisi Si Szinpin va Davlat kengashi rahbari Li Ketsyan bilan uchrashdi. 16-may kuni Hindiston hukumati rahbari Shanxayda ikkala mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashadi.
Izoh (0)