2015-yilning 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston Islom Respublikasininng Favqulodda va Muxtor Elchisi Mohammad Sadiq Daudzayni qabul qildi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Afg‘oniston kun tartibining dolzarb masalalari, jumladan qo‘shma iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, bo‘lajak ikki tomonlama siyosiy aloqalar hamda turli darajadagi boshqa uchrashuvlar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda mamlakatimizdagi o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Afg‘oniston Elchisining sermahsul faoliyati qayd etildi hamda davlatlararo aloqalarni kengaytirishga qo‘shgan hissasiga ijobiy baho berildi.
O‘z navbatida, Mohammad Sadiq Daudzay O‘zbekistondagi missiyasini muvaffaqiyatli bajarish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar uchun o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.
Izoh (0)