Sevgilisi uchun 305 kilogrammga ozgan dunyoning sobiq eng semiz odami Pol Meyson shifokorlar 21 kilogramm ortiqcha terisini olib tashlagach, o‘z qaylig‘i bilan selfiga tushdi, deb xabar bermoqda The Daily Mail.
Endilikda og‘irligi 127 kilogramm bo‘lgan Buyuk Britaniyada yashovchi 54 yoshli Meyson jarrohlik operatsiyasidan bir necha kun o‘tib Nyu-York Markaziy bog‘ida og‘irligi 50 kilogramm bo‘lgan bo‘lajak rafiqasi – 41 yoshli Rebekka Mauntin bilan selfiga tushdi.
Katta miqdorda vazn tashlagan Meysonning ortiqcha terisi AQShda olib tashlangani aprel oyida ma’lum bo‘lgan edi. Shifoxonadan javob berilgach ham u Nyu-Yorkda taxminan to‘rt haftacha qolishi aytilgan edi. Qayd etilishicha, u yana bir marta jarrohlik stoliga yotishiga to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)