AQShda elektr zaryadi yordamida og‘riqni bloklab qo‘yuvchi aqlli Cur plastiri 2015-yil qishidayoq sotuvga chiqishi mumkin, deb xabar bermoqda “TJournal.ru”.
Moslama og‘riqli joyga qo‘yilgach, u elektr zaryadi orqali asab tizimini miyaga og‘riq haqida xabar bermaslikka undaydi. Agar miya jarohat yoki lat joyidagi asab hujayralaridan ma’lumot olmasa, og‘riqni “ro‘yxatga olmaydi”. Yuboriladigan zaryda miqdorini moslamaning o‘zidagi tugma yoki mobil dastur orqali boshqarish mumkin.
Cur saytida smart-plastirni 159 dollar evaziga (narxi 149 dollar, yetkazib berish 10 dollar) oldindan buyurtma berish mumkin. Jo‘natmaga quvvatlantirish qurilmasi va xohishga qarab rangini tanlash mumkin bo‘lgan g‘ilof ham kiradi. Buyurtmalar ixtironi seriyali ishlab chiqarishga tegishli muassasa ruxsat bersagaina amalga oshirila boshlaydi.
Izoh (0)