YuNESKO tashkiloti Yaman poytaxti Sanaga berilayotgan aviazarbalar qadimiy qismi Butunjahon meroslar ro‘yxatiga kiritilgan shaharning madaniy merosiga jiddiy zarar yetkazganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“11-iyun kuni Sananing tarixiy markaziga berilgan zarbalar tarixiy qiymatga ega qator obyektlarning jiddiy vayron bo‘lishiga olib keldi. YuNESKO bosh kotibi Irina Bokova tomonlarni Yamanning noyob madaniy merosini himoya qilishga ko‘maklashishga chaqiradi.
Sana va Saada shaharlarining aholi zich yashaydigan hududlariga berilgan avaiazarbalar ayniqsa xavotir uyg‘otmoqda. Ular nafaqat insonlar qiynalishiga, balki Yamanning noyob madaniy merosi yo‘qolishiga olib kelmoqda”, − deyiladi tashkilot bayonotida.
Izoh (0)