O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Go‘zallik, ishtiyoq va mahorat” deb nomlangan ko‘rgazma tashkil etildi, deb xabar bermoqda O‘zA. Unda Toshkent shahridagi Berdaq nomidagi 10-musiqa va san’at maktabi o‘quvchilarining ijodiy ishlari namoyish etilmoqda.
– Boy tarixga ega o‘zbek milliy liboslari bichimi, shakli, ranglarining uyg‘unligi, matolari xilma-xilligi, nafisligi bilan ajralib turadi, – deydi yosh dizaynerlar murabbiyasi Ramzida Yo‘ldosheva. – Biz mana shunday milliy liboslarimiz namunalarini xalqaro ko‘rgazmalarga olib chiqishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz.
Musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari M.Zufarova, N.Shukurullayeva, Ye.Ribalkina, S.Ribalkina, Sh.G‘ayratxo‘jayeva, E.Galimova, N.Koshina kabi yosh dizaynerlar asarlarida aks etgan liboslarning loyiha va modellari tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Izoh (0)