Chili prezidenti Mishel Bachelet 11-may kuni hukumatning yangi tarkibini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”. The Wall Street Journal yozishicha, moliya va ichki ishlar vazirlari o‘z lavozimidan ayrilgan.
O‘tgan haftada, 6-may kuni mamlakat prezidenti Vazirlar mahkamasidan to‘liq tarkibning iste’foga chiqishini so‘ragan edi. U 72 soat ichida kim lavozimidan ketishi-yu, kim qolishini hal qilishini ma’lum qilgan edi.
Yakunda besh nafar vazir o‘z lavozimidan ayrildi. Moliya vaziri lavozimiga Alberto Arenasning o‘rniga shu paytgacha Chili Davlat bakini boshqarib kelgan Rodrigo Valdes tayinlangan bo‘lsa, ichki ishlar vaziri Rodrigo Penyalilyo o‘rniga shu paytgacha mudofaa vaziri bo‘lib kelgan Xorxe Burgos tayinlandi.
Izoh (0)