Kecha Ozarbayjonning Naxichevan shahrida shaxmat bo‘yicha “Nakhchivan Open-2015” festivali yakunlandi. Eng kuchli ishtirokchilar jam bo‘lgan “A” guruhi bahslarida 17-Jahon chempioni, hamyurtimiz Rustam Qosimjonov ham ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Guruhda birinchi raqamli ishtirokchi sifatida qayd etilgan Qosimjonov kecha o‘tkazilgan so‘nggi 9-tur uchrashuvida nihoyat g‘alaba qozondi. Bu hamyurtimizning to‘qqizinchi uchrashuvdagi uchinchi g‘alabasi bo‘ldi. Hamyurtimiz qolgan barcha oltita partiyada durang o‘ynagan.
Kecha shaxmatchimiz qora donalarda o‘ynashiga qaramay, gruziyalik Luka Paychadzeni taslim etdi. Lekin Rustam Qosimjonov sovrindorlar safidan joy ola bilmadi. To‘qqiz imkoniyatdan olti ochko jamg‘argan yurtdoshimiz yakunda turnir jadvalida qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 66 ishtirokchi orasida 10-o‘rinni egalladi. Yetti ochko to‘plagan mezbonlar vakili Eltaj Safarli musobaqa g‘olibi bo‘ldi.
9-turning markaziy partiyalari:
Gadir Guseynov – Sergey Tivyakov (Gollandiya) 1:0
Eltaj Safarli – Puyya Idani (Eron) 1:0
Levan Pansulaya (Gruziya) – Abxijet Gupta (Hindiston) 0,5:0,5
Xou Ifan (Xitoy) – Aleksandr Xalifman (Rossiya) 0,5:0,5
Luka Paychadze (Gruziya) – Rustam Qosimjonov (O‘zbekiston) 0:1
Kuchli uchlik: Eltaj Safarli, Gadir Guseynov − 7 ochkodan, Levan Pansulaya (Gruziya) − 6,5.
Izoh (0)