Qatar poytaxti Doha shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Kecha musobaqaning so‘ngi kungi bahslarida yunon-rum kurashchilarimiz yana 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi, deb xabar bermoqda Olamasport.
75 kg vazn toifasida gilamga chiqqan hamyurtimiz Dilshod Turdiyev va 80 kg vazndagi kurashchimiz Jonibek Otabekov bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Yunon-rum kurashi. 75 kg: 1 – Xyonvu Kim (Janubiy Koreya), 2 – Atabek Azisbekov (Qirg‘iziston), 3 – dilshod Turdiyev (O‘zbekiston) va Payam Abdex Salex Buyeri Payani (Eron).
80 kg: 1 – Yusuf Gaderian (Eron), 2 – Aisha Aishan (Xitoy), 3 – Jonibek Otabekov (O‘zbekiston) va Xassulan Koshanov (Qozog‘iston).
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida jami 9 ta medalni qo‘lga kiritdi. O‘z vazn toifalarida Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash, 70 kg), Elmurat Tasmuradov (yunon-rum, 59 kg) va Rustam Assakalov (yunon-rum, 85 kg) Osiyo chempioniga aylanishdi. Ruslan Pliyev (erkin kurash, 65 kg), Rashid Qurbonov (erkin kurash, 74 kg), Umidjon Ismanov (erkin kurash, 86 kg), Nurbek Xolmuhamedov (yunon-rum, 71 kg), Dilshod Turdiyev (yunon-rum, 75 kg) va Jonibek Otabekov (yunon-rum, 80 kg) bronza medallari bilan taqdirlanishdi.
Izoh (0)